Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanjayga «Karvon» qo‘shig‘i qimmatga tushdi

Sanjayga «Karvon» qo‘shig‘i qimmatga tushdi

Mualliflik huquqini buzgan Sanjay shoirga jami 94 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘lashi lozimligi sudning qarori bilan tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 13 yanvar kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasi jamiyatining a’zosi shoir Usmon Azim manfaatida javobgar Sanjar Javberdiyevga (Sanjay) nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi.

Mazkur ishni ko‘rib chiqish davomida fuqaro Sanjar Javberdiyevning shoir Usmon Azim qalamiga mansub «Karvon» nomli she’rdan muallifning roziligini olmagan holda, xususan, kelishuvga erishmasdan yoki shartnoma tuzmasdan foydalanib «Karvon» nomli qo‘shiq ijro etganligi hamda internet orqali ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Shundan kelib chiqib, sud tomonidan taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilmaganligi, muallifning roziligisiz uning she’ridan foydalanilganligi inobatga olinib, javobgar Sanjar Javberdiyevdan shoir Usmon Azim foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (54 mln. so‘m) miqdorida tovon puli va 40 mln. so‘m miqdorida ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring