Qo‘shiqchi Sanjay sud qarori bilan jazoga tortildi
Sanjay tahallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Javberdiyev Sanjar shoir Usmon Azimning she’ridan ruxsatsiz foydalanganligi sababli Ma’muriy sud tomonidan javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilgani xabar berilgan.
2021 yilning 29 iyunda Intellektual mulk agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan.
Murojaatda fuqaro S.Djavberdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Sherali Jo‘rayev qalamiga mansub «Gulbadan» hamda «Atirgulim atringni soch» nomli she’riy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalanganligi bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.
Agentlik tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topgan.
Shu o‘rinda «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunining 62-moddasiga muvofiq huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’yektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.
Agentlik tomonidan fuqaro S.Djavberdiyevga nisbatan holat yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilib, ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilgan.
Mazkur ma’muriy ish materiallari 2021 yilning 20 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaro S.Djavberdiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi qo‘llanilgan, deyiladi agentlik matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter