Qo‘rqinchli tush: Mozambikda terrorchilar hech kimni ayashmadi
Mozambik shimolidagi Palma shahrida jangarilar hujumi natijasida 57 kishi halok bo‘ldi, vafot etganlar orasida yetti nafar chet ellik ham bor, deya xabar berdi «RIA Novosti» Ayollar huquqlarini himoya qilish uyushmasidan Julia Vachava so‘zlariga tayanib.
Jangarilar 24-mart kuni Kabu-Delgadu provinsiyasidagi kichik Palma shaharchasiga hujum qilishgan. Mahalliy aholi o‘rmonga yashiringan, amaldorlar va chet elliklar esa Amarula mehmonxonasiga qamalib olishgan. Mehmonxonada 180 kishi hukumat yuborgan evakuatsiya yuk mashinalarini uch kun kutishgan.
Biroq yo‘lda 80 yo‘lovchisi bo‘lgan transport vositasi terrorchilar tomonidan o‘qqa tutilgan. Natijada 17 ta yuk mashinasidan atigi yettitasi belgilangan manzilga yetib borgan. Mehmonxonaning yuzga yaqin mijozi dengizga piyoda borgan: hukumat ularni qayiqda evakuatsiya qildi.
«Butun Palma shahri vayron bo‘ldi. Odamlar yashash joylaridan qochib ketishyapti», — dedi Vachava.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter