Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolari qo‘lga olindi — IIB

Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolari qo‘lga olindi — IIB

Joriy yilning 9 noyabr kuni DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xovos tumanida yashovchi B.T. va uning bir nechta hamfikrlari internet orqali Suriya Arab Respublikasi hududidagi terrorchilik tashkilotlari a’zolarining ta’siriga tushib, yaqin aloqalari orasida ekstremistik mazmundagi, xususan, «jihod»ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelganlar.

Shuningdek, guruh yetakchisi B.T.ning kelgusida Suriyaga borib, terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilganligi xususida tasdiqlovchi ma’lumotlar olindi.

Guruh a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mavjud materiallar asosida B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida u hibsga olindi.

Hozirda B.T. va uning aloqalariga nisbatan tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring