Qoraqalpog‘istondagi ovulda qoramollar harom o‘lmoqda. Kasallik sababi hali noma’lum
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumanidagi «Jana qala» OFYda qoramollar nobud bo‘lmoqda. Yozda boshlangan bu kasallikni to‘xtatishning imkoni bo‘lmayapti. Shu paytgacha ovuldagi 50 dan oshiq mollar harom o‘lgan, deb xabar bermoqda «Kar24.uz».
«Yozda qoramollarning o‘lishi boshlanib, birdan to‘xtagan edi, ikki oydan buyon bu holat yana qaytalandi. Aholi tashvishga tushmoqda. «Qorason», «mol shamollashi» bo‘lsa kerak deb o‘ylab yangilishgan ekanmiz», deydi «Jana qala» OFY kotibi Yerpolat Musinov.
Nashr muxbiri ushbu holat bo‘yicha Qanliko‘l tumani veterinariya bo‘limi boshlig‘i Dauran Xudaybergenov bilan bog‘langan.
«Avval bunday kasallik kuzatilmagandi. Tumanga Mo‘ynoqdan sotish uchun ko‘p qoramol olib kelinadi. Menimcha, bu kasallik sotish uchun olib kelinayotgan mollardan yuqyapti. Ayni paytda qoramollarda «pastrelioz» kasalligi belgilari kuzatilmoqda. Bunda qoramollarning qoni kamayib ketadi va bu o‘limga sababchi bo‘ladi», degan tuman veterenariya bo‘limi boshlig‘i.
Hozir tuman veterinariya bo‘limi maxsus vaksina uchun buyurtma bergan. Mutaxassislar bu vaksina qoramollar o‘limining oldini oladi, deb ishonishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter