Qoraqalpog‘istonda noqonuniy qurilgan uy-joylar uchun «amnistiya» e’lon qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan ep uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.
Qayd etilishicha, ayni paytda hududda mulk huquqi e’tirof etilmagan 43 432 ta uy-joylar mavjud.
Bunda yer uchastkasiga ijara huquqi hamda bino va inshootlarga mulk huquqini e’tirof etish uchun, fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi hamda so‘nggi besh yil uchun ep solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ep uchastkasiga ijara huquqi 1998-yil 30-aprelga radar egallangan yerlar uchun — 0,24 gektargacha, 1998-yil 1-maydan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan yerlar uchun — 0,06 gektargacha hajmda e’tirof etiladi.
Uy-joy egalari hamda tuman (shahar) hokimi o‘rtasida ep uchastkasi ijarasi shartnomasini tuzish talab etilmaydi.
Ushbu mezonga tushmaydigan yoki belgilangan hajmdan ortiqcha ep uchastkalari zaxiraga qaytarilishi, ularni berish (realizatsiya qilish) Ep kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Huquq etirof etilganlik uchun bir martalik yig‘im undiriladi.
Ma’lumot uchun, Hukumatning 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qarori bilan Qoraqalpog‘istonda 71 987 ta uy-joyga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilgan.
Shuningdek, Prezidentning 2018-yil 20-apreldagi PF–5421-son Farmoniga asosan mulk huquqi bo‘lmagan 50 361 ta uy-joyga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter