Qoraqalpog‘istonda yana 15 kishi koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Sog‘ayganlarning 2 nafari Toshkent shahridan, 13 nafari Qoraqalpog‘istondan (11 nafari Nukus shahridan bo‘lsa, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019-yil tug‘ilgan. Laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.
Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 372 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter