Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda vaziyat barqarorlashdi

Qoraqalpog‘istonda vaziyat barqarorlashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy qilingan favqulodda holat doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov bu haqda quyidagilarni qayd etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq:

  • jamoat tartibini, o‘ta muhim va toifalangan ob’yektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovchi infratuzilma ob’yektlarining muhofazasi kuchaytirildi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida harakatlanish erkinligi, shu jumladan transport vositalari uchun cheklovlar o‘rnatildi;
  • jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi, ularning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, ulardagi ashyolar va transport vositalari ko‘zdan kechirilishi yo‘lga qo‘yildi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirish hamda undan chiqish cheklandi va yuridik shaxslar faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar, tinch yig‘ilishlar, ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi taqiqlandi;
  • ushbu hududda qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va maxsus vositalar sotilishi taqiqlanib, jismoniy va yuridik shaxslardan qurol va o‘q-dorilar vaqtinchalik olib qo‘yilishi joriy qilindi. Dori-darmon va alkogol mahsulotlari muomalasining esa alohida tartibi joriy etildi.

«Hozirgi vaziyatda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi yurtdoshlarimizni hamjihatlikka va oqilona ish tutishlari, joriy qilingan favqulodda holat talablariga qat’iy rioya qilishlari, shuningdek, asossiz ko‘chaga chiqmasliklarini va turli g‘arazli tashviqot va harakatlarga berilmaslikni so‘rab qolamiz.

Ushbu vaqtincha  joriy qilingan Favqulodda holat yuzasidan Milliy gvardiyaning 1215 qisqa raqami orqali 24 soat davomida bog‘lanishingiz va kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin», deyiladi ma’lumotda.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda vaziyat barqarorlashdi va hayot o‘z maromiga qaytmoqda. Provakatsion tashviqotlar o‘tkazgan shaxslar qo‘lga olinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring