Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan YTHda vazir o‘rinbosari va yana uch kishi halok bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida 27-dekabr kuni og‘ir yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kishi olamdan o‘tdi. Ularning biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari edi.
O‘zAda yozilishicha, baxtsiz hodisa “Neksiya-3” markali avtomashinaning beton to‘siqqa borib urilganligi oqibatida sodir bo‘lgan. Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga sabab bo‘lgan. Vafot etgan fuqarolarning ikkitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida faoliyat yuritib kelgan (bittasi vazir o‘rinbosari, bittasi mashina haydovchisi), bir kishi Tuyamo‘yin-Nukus mintaqaviy suv o‘tkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va bittasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassislaridir.
YTHning sodir bo‘lishiga asaflt yo‘lning sirpanchiqligi sabab bo‘lganligi aytilmoqda.
Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter