Qoraqalpog‘istonda g‘ayrioddiy velosiped ixtiro qilindi (foto)
Ustyurt gaz-kimyo majmuasining Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi otryadi mutaxassislari yong‘inning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni takomillashtirish maqsadida ob’yektlarni kuzatib borishga ixtisoslashtirilgan g‘ayrioddiy velosiped turini ixtiro qildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Bu yangi topilma birlamchi yong‘inni bartaraf qilish asbob-uskunalari bilan ta’minlangan, takomillashtirilgan velosiped bo‘lib, u diametri 66 millimetrlik bir dona yong‘in o‘chirish yengi (QD-70 bilan), diametri 66x77 millimetrlik bir dona ulagich (perexodnik), ikki dona OP-5 markali yong‘in o‘chirgich, bir dona 100 metrlik qutqarish arqoni, bir dona tovush kuchaytgich uskunasi, bir dona yengil lom, bir dona yengil bagor, bir dona yong‘in o‘chirish bolg‘asi, bir dona fonarik (migalka, bir juft kichik fonar), bir dona tibbiyot qutichasi, bir dona 4x4 metrlik kigiz, bir dona gidrant ochish kalitidan iborat.
Velosiped sinovdan o‘tkazilib, foydalanishga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter