Qoraqalpog‘istonda $400 mingga yer sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi (video)
Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida fermer o‘zining hamda yana 3 ta fermerning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan jami 620 gektar yer maydoni sotmoqchi bo‘lib xaridordan pul olayotganda qo‘lga tushdi.
Xabarga ko‘ra, u xaridordan ushbu yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 400 ming dollar so‘ragan va oldindan 200 ming dollarini olayotganida ushlangan.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida ham fermer o‘ziga qarashli yerning 1,5 gektarini issiqxona tashkil qilmoqchi bo‘lgan fuqaroga 120 ming dollarga sotishga kelishib, oldindan 60 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Namangan viloyatida davlat ishchisi o‘zi ishlaydigan kichik sanoat zonasi hududidan 80 sotix yerni olib berish uchun fuqarodan 300 mln so‘m olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter