Qoraqalpog‘istonda ayanchli hodisa sodir bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bir oilaning besh nafar a’zosi is gazidan vafot etgan. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Kun.uz xabariga ko‘ra, hodisa 2023 yil 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Chimboy tumani, «Keңyes» OFYda yashovchi fuqarolar qo‘shni uyda xonadon egasi M.B. va yana 6 nafar oila a’zolari hushsiz holatda yotganini ko‘rgan va tez yordam chaqirgan.
Shifokorlar tomonidan tekshirib ko‘rilganda xonadon sohibi 1957 yilda tug‘ilgan M.B. 1961 yilda tug‘ilgan Z.M., 1986 yilda tug‘ilgan S.B., 2008 yilda tug‘ilgan A.A. va 2011 yilda tug‘ilgan M.A. vafot etgani aniqlangan.
Shuningdek, 1995 yilda tug‘ilgan T.O. va 2000 yilda tug‘ilgan A.B. og‘ir ahvolda hushsiz ekani aniqlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida qozonxona uyning ichida yonib turgani va ushbu holatda is gazidan zaharlanish alomatlari mavjud ekani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha Chimboy tuman prokuraturasi tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va hodisaning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyatida is gazidan zaharlangan er-xotin va ularning ikki qizi vafot etgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter