Qoraqalpog‘iston markazidagi portlash yuzasidan jinoiy ish ochildi
Nukusda joylashgan ko‘pqavatli uy portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda aybdor shaxslar doirasini aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 29-yanvardan 30-yanvarga o‘tar kechasi Nukusdagi uylardan birida kuchli portlash yuz berdi. Jumladan, hodisa joyida FVV qutqaruvchilari tomonidan turli darajadagi jarohatlar bilan vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter