Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorao‘zakda Germaniya va Avstriya korxonalari ishtirokida yirik loyiha amalga oshiriladi

Qorao‘zakda Germaniya va Avstriya korxonalari ishtirokida yirik loyiha amalga oshiriladi

Foto: Prezident rasmiy sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorao‘zak tumanidagi Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksini qurish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Bu konda 1,1 milliard tonna xomashyo rezervi aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, yiliga 33 million tonna ruda qazilib, undan 1,5 million tonna temir olinishi mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 yanvardagi qarorida ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish choralari belgilangan.

Kon-metallurgiya kompleksi yiliga 900 ming tonna armatura, 225 ming tonna sim, 375 ming tonna ugolok, shveller va boshqa materiallar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu katta miqdordagi import o‘rnini to‘ldirib, sanoatni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yerda 2 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Mahsulotlarning 35 foizini eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Loyihani tayyorlash va amalga oshirishga Germaniyaning "DMT-Group Consulting" va Avstriyaning "Horst Wiesinger Consulting" korxonalari jalb etilgan.

Prezidentimiz ushbu kompaniyalar mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Majmua qurilishiga ilmiy jihatdan puxta yondashish, temirdan mahsulot ishlab chiqarish sohasida ham o‘ziga xos maktab yaratish kerakligini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini mukammal ishlab chiqish, uni amalga oshirishga ko‘proq yoshlarni jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring