Qoradaryo o‘zanidagi to‘qayzor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand va Pastdarg‘om tumanlarini bir-biriga bog‘lovchi daryo o‘zanida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.
Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.
Joriy yilning 8-iyul kuni tushdan so‘ng Qoradaryoning Samarqand tumani hududidan oqib o‘tuvchi qirg‘oq mintaqasida yovvoyi holda o‘sadigan yulg‘unzor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgan. Holat tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan tezkor tartibda bartaraf etilgan. Aniqlanishicha, yong‘in natijasida o‘rta 4 gektar yer maydonidagi buta va yulg‘unlar yongan.
Hozirda Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter