Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq vazir va milliarder chegarada qo‘lga tushdi

Sobiq vazir va milliarder chegarada qo‘lga tushdi

Tan olinmagan Qorabog‘ respublikasining sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan Qorabog‘dan Armanistonga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan.

Bu ma’lumotni Ozarbayjon Davlat chegara xizmati tasdiqladi.

Vardanyan 2022-yilning 1 sentyabr kuni Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Qorabog‘ hududiga kelgandi. U 2022-yil 4-noyabrdan 2023-yil fevralga qadar vazir lavozimida ishlagan. 

Vardayan shuningdek tadbirkorlik bilan shug‘ullangan, uning boyligi bir milliard dollar atrofida baholanadi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring