Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qora ro‘yxat»ga emas, «kredit tarixi»ga ishoning!

«Qora ro‘yxat»ga emas, «kredit tarixi»ga ishoning!

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan bank «qora ro‘yxati»ga tushganim uchun kredit berilmayapti...» degan mazmundagi murojaatlar uchrab turibdi.

Mazkur holat yuzasidan Markaziy bank quyidagilar ma’lum qildi:

Avvalo, aytib o‘tish kerak, bank tizimida «qora ro‘yxat» tushunchasi, umuman, kredit ajratilishi taqiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan «maxsus ro‘yxat» yoki «ma’lumotlar bazasi» mavjud emas.

«Qora ro‘yxat» tushunchasi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank xodimlari tomonidan kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida ilgari olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga «qora ro‘yxatga tushib qolgansiz» deb izoh berishi (tushuntirishi) oqibatida vujudga kelmoqda.

Ushbu holat aslida fuqaroning «kredit tarixi» ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda undan barcha kredit beruvchi tashkilotlar fuqaroga kredit berishdan oldin foydalanishmoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz!

Kredit tarixi – bu sizning kredit va qarzlaringiz haqidagi ma’lumot. Unda kreditlar qachon, qancha miqdorda va qayerdan olinganligi, keyin qanday qaytarilganligi va buni kim so‘ragani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bularning barchasi my.gov.uz ning kredit tarixi bo‘limida saqlanadi.

Foydalanuvchilar uchun!

  • Kredit tarixini ilk marta bepul olish mumkin. Pullik tartibi esa istalgancha.
  • Kredit tarixida xatolar aniqlansa, ularni bank orqali tuzatish mumkin.
  • Kredit tarixini nafaqat bank, balki sug‘urta kompaniyasi, notarius, sud yoki ish beruvchi fuqaro roziligi bilan tekshirishi mumkin.
  • Kredit tarixingizni bilish uchun my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘ting.

Elektron hukumat markazi tomonidan xizmatga doir videoyo‘riqnoma tayyorlangan:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring