«Qora kitob»dan «Qizil kitob» sari. O‘zbekistonga qulonlar qaytdi
Sariqamish ko‘lining atrofida har xil yovvoyi hayvonlar va qushlarni, xususan, to‘ng‘iz, tulki, qarsoq, shoqol, bo‘rsiq, boyqush, burgutlar bilan birgalikda qulonlar ham mavjud ekan! Ular allaqachon O‘zbekistonda yo‘q bo‘lib ketgan hayvonlar turiga kiritilgan edi.
Biologiya fanlari doktori, professor Svetlana Mambetullayevaning ta’kidlashicha, qulonlarning Qoraqalpog‘istonda qayta paydo bo‘lishi o‘ta muhim yangilikdir. Negaki, Ustyurt kengliklarida turkman qulonlari XX asrning 30-yillariga kelib butunlay qirilib ketgan edi.
Qulon xalqaro Tabiatni muhofaza qilish tashkilotining Qizil kitobiga, «Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va» flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi Konvensiyaning (SITES) ilovasiga va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga yovvoyi tabiatda yo‘qolib borayotgan hayvonot turi sifatida kiritilgan.
Ayg‘irlari boshchiligida 4-5 ta urg‘ochi va 3-4 ta yosh qulonlardan iborat poda hosil qiladi. 3 yoshdan oshgan erkak qulonlar podadan chiqarib yuboriladi. Kuz faslida 100 ta va undan ham ko‘proq qulonlar birlashib, podalar hosil qiladi.
Ular boshoqli ekinlar, shuvoq, sho‘ra kabi o‘simliklar bilan oziqlanadi. Nazoratsiz ov qilinishi, cho‘l hududlarining o‘zlashtirilishi, qishning izg‘irinli kelishi, brakonerlik mazkur turning kamayib ketishiga sabab bo‘luvchi omillardir. Ushbu turni ko‘paytirish dasturini rivojlantirish zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter