Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qora dengiz suvi qizardi

Qora dengiz suvi qizardi

Foto: «Sochi24.tv»

Qora dengizning Anapa (Krasnodar o‘lkasi, Rossiya) sohillaridagi suvi qizil rangga kirdi.

Dengiz suvi rangining kamdan-kam kuzatiladigan o‘zgarishi tabiiy sabablar bilan bog‘liq, odamlar salomatligi uchun xavf tug‘dirmaydi, deyishmoqda ekologlar.

Qora dengizning qizil tusli bo‘lib qolganini suv o‘tlarining gulga kirganidan ko‘rishmoqda, qizg‘ish suv shamol va to‘lqinlar ta’sirida sohilgacha yetib kelgan. Qolaversa, juda ko‘p yomg‘ir yog‘ishi natijasida loyqa suvlarning dengizga oqib tushgani ham dengiz rangini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yili Novorossiysk va Gelenjikda ham dengiz suvi qizil rangga bo‘yalgandi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring