Qo‘qon shahrida Davaktiv agentligi mutaxassisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi B.M. shahar hududida joylashgan avtobekatni «Aqlli bekat» sifatida foydalanish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, loyiha tashabbuskori M.S.dan 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter