Qonunga xilof ravishda ishdan olingan 643 kishi lavozimiga tiklandi

Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 643 nafar fuqaro ishga tiklandi, ularga to‘lanmay qolgan 32,5 mlrd so‘mlik ish haqlari undirib berildi.
Bu haqda Majburiy ijro byurosi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilingan.
«Oilaning jamiyatdagi o‘rni va uning muqaddasligi masalasida olib borilgan profilaktika-tushuntirish ishlari natijasida 11 ming 400 dan ortiq oila yarashtirildi.
Byuro organlari uchun doimo e’tiborda bo‘lib kelayotgan — «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand fuqarolarga 265,8 mlrd so‘m mablag‘lar o‘tkazib berildi».
Tadbir davomida qatnashchilarga yana bir yangilik — MIB.UZ mobil ilovasida yangi «Bo‘lajak hamkoringizni biling!» xizmati ishga tushirilgani va buning imkoniyatlari haqida batafsil izoh berildi.
Ushbu xizmat orqali fuqarolarimiz hamda tadbirkorlar hamkorlik va moliyaviy kelishuv qilmoqchi bo‘lgan sub’yektlarga tegishli shaxslarning fuqarolik pasporti seriyasi, raqami yoki korxonaning INN (STIR) raqamlarini kiritish yo‘li bilan o‘sha korxona yoki fuqarolarning nomida mol-mulklari mavjud emasligi sababli, amalda undirish imkoni yo‘qligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter