Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod uchun – 10 832 000 so‘m

Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod uchun – 10 832 000 so‘m

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 15-oktyabr kuni soat 11.00 da Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi videoselektor tarzida bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Yig‘ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala ham qizg‘in muhokamalar asosida o‘tdi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori quyidagicha belgilangan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod uchun – 10 832 000 (o‘n million sakkiz yuz o‘ttiz ikki ming) so‘m;
  • Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun – 2 000 000 (ikki million) so‘m;
  • Xalq deputatlari tuman va shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun – 1 000 000 (bir million) so‘m.

Oldingi saylovlarda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun mablag‘ ajratilmagan. Bu yilgi «Yangi O‘zbekiston. Yangi saylovlar» shiori ostida tashkil etilgan saylovlarda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ham budjet mablag‘larining ajratildi. Bu nafaqat Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga, balki, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatligiga ham saylovlar jarayoni, nomzodlar o‘rtasidagi debatlar, siyosiy partiyalararo sog‘lom raqobat va har bir deputatlik o‘rni uchun kurash qizg‘in kechishidan dalolat beradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring