Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonliko‘lda yolg‘iz ketayotgan yo‘lovchilarga hujum qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Qonliko‘lda yolg‘iz ketayotgan yo‘lovchilarga hujum qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yilning 3-fevral kunidan 6-fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanining turli MFY hududlarida yolg‘iz ketayotgan yo‘lovchilarga nisbatan talonchilik sodir etgan. U 40 yoshli Paraxat K.ga tegishli narxi 1 500 000 so‘mlik,  39 yoshli Azamat R.ga tegishli narxi 1 200 000 so‘mlik hamda 36 yoshli Kayrat K.ga tegishli narxi 1 200 000 so‘mlik uyali telefon apparatlarini ochiqdan-ochiq tortib olib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Qonliko‘l tumani Navro‘z MFYda yashovchi 32 yoshli Jenisbay D. sodir etib, qo‘lga kiritgan ikkita uyali telefon apparatlarini boshqa tuman hududida sotib yuborib, yana bitta telefon apparatini sotish maqsadida olib yurganligi aniqlanib, uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Qonliko‘l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jenisbay D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring