Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qon bosimini dorisiz pasaytirishning samarali usuli topildi

Qon bosimini dorisiz pasaytirishning samarali usuli topildi

Gipertoniya yoki yuqori qon bosimi yurak kasalliklarining yuzaga kelishi ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga, ba’zi insonlarda qon bosimining aniq belgilari bo‘lmasligi ham mumkin.

Olimlar qon bosimini pasaytirishning yana bir usuli borligini aniqladilar, deya xabar bermoqda Ferra.

Yuqori qon bosimida nafas olish mushaklarini mashq qilish samarali bo‘lishi mumkin. Buni Kolorado universiteti professori Deniel Kreyxed hamkasblari bilan birgalikda aniqladi.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun mutaxassislar yoshi 50-79 orasida bo‘lgan 36 nafar sog‘lom kishilarni tanlab oldilar. Ularning sistolik qon bosimi me’yordan yuqoriroq edi.

Ishtirokchilarning yarmi nafas mushaklarini kuchli mashq qilishdi (IMST), ikkinchi yarmi esa ancha sust mashqlarni bajarishdi.

Olti hafta o‘tgach, IMSTga murojaat qilgan odamlarda sistolik bosim o‘rtacha to‘qqiz ballga pastroq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, ba’zi dori vositalari aynan shunday ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, IMST guruhida arteriyalarning stimulyasiya bilan kengayish qobiliyati 45 foizga yaxshilandi. Va ushbu ishtirokchilarning tanasida azot oksidi darajasi sezilarli darajada oshdi.

Shunga qaramay, olingan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazish kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring