Qoidabuzarligini TikTok akkauntiga joylab maqtangan erka o‘g‘il jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchining TikTok akkaunti skrinshot va videoTikTokyozuvlari tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, «Tracker» rusumli avtomobil haydovchisi (davlat raqami 01 K 550 XA) – 20 yoshli Ismoilov Dilshod Usmon o‘g‘li Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida avariyaviy holatni yuzaga keltirgani sababli (videoga tushirilgan holat) O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5 moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jarimaga tortildi. Uning avtomobili jarima maydonchasiga joylandi.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur haydovchi 2019 yilda 8 ta huquqbuzarlik sodir etganligi qayd etilgan («Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi»), 2020 yilda ham u tomondan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni 8 tani tashkil etmoqda (xuddi o‘sha modda bo‘yicha, shulardan to‘rttasining jarimasi to‘langan).
Ijtimoiy tarmoqlarda keltirilishicha, qoidabuzar Toshkent markazida mashinasi tezligini 150 km/soatgacha ko‘targan. Shuningdek, uning otasi Toshkent viloyatidagi shaharlardan birining hokimi ekani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter