Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoidabuzarlarga befarq bo‘lmaganlar «sotqin»mi?

Qoidabuzarlarga befarq bo‘lmaganlar «sotqin»mi?

Foto: «ubdd.uz»

Bir oy avval Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining www.ubdd.uz sayti ishga tushirilgan edi. Mazkur saytga shahrimiz haydovchilari o‘z avtomashinalari videoregistratorlari orqali tasvirga tushirilgan boshqa haydovchilarning qoidabuzarliklarini jo‘natmoqdalar, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Videoga muhrlangan tasvir YXHBning tegishli ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, haydovchilar jarimaga tortilmoqda.

Qoidabuzarlarga befarq bo‘lmagan faol haydovchilar 36 kun ichida – 5 mart kunidan 11 aprelga qadar 261ta videotasvir jo‘natganlar. Ular o‘rganilib, qoidabuzar haydovchilarni jarimaga tortish natijasida davlat budjetiga 163 mln. so‘mdan ortiq pul kelib tushgan. Bu haqda Toshkent YXHB vakili ma’lum qilgan.

«To‘g‘ri, kimlardir bunday harakatlarni nomaqbul ish deb tushunar, ayrimlar «sotqinlik» deya ta’rif berar, biroq xatolarga shunchaki ko‘z yumib ketmay o‘z vaqtida tegishli mutasaddilarga xabar berayotgan yurtdoshlarimiz o‘zgalar hayoti uchun qayg‘urayotganini, musibatli voqealarning oldini olayotganini unutmasin. Zero, bu jamoatchilik nazorati kuchayayotganidan dalolat beradi», – deyiladi nashr xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring