Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizni sharmanda qilmoqchi bo‘lgan shaxs 400 dollar bilan ushlandi

Qizni sharmanda qilmoqchi bo‘lgan shaxs 400 dollar bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro I.N. «M.A.» ismli qizning shaxsiy foto va video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 400 AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-3-moddasi (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring