Qizlarni IT sohasida o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasi bo‘ladi
Davlatimiz rahbari maktabda o‘qiyotgan qizlar va mahalladagi ayollarning kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.
2022-yil 1-iyundan boshlab bu borada yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi:
- har bir viloyatdagi monomarkazlar va oliygohlar qoshida Malakani baholash markazlari tashkil etiladi;
- ushbu markazlar ayollarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qishini tashkil etadi va keyin ularga malakasini tasdiqlab beradi;
- markazlarda «ustoz-shogird» an’analari asosida tajriba to‘plagan xotin-qizlar ham malaka hujjati olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
- markazlar orqali 2022-yilda 30 ming nafar xotin-qizlarni talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblarga o‘qitib, malaka hujjati berish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi;
- har yili maktab va kollejlarni bitirayotgan 20 ming nafar qizlarni IT sohasida o‘qitish bo‘yicha ham davlat buyurtmasi bo‘ladi;
- 2023-yildan ushbu tizim chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida ham joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter