Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiziriqning 2500 muammosi topildi. Yechimi-chi?

Qiziriqning 2500 muammosi topildi. Yechimi-chi?

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari agentligining Surxondaryo viloyat boshqarmasi viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi va aloqador idora hamda tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yilning 17—22-avgust kunlari «Obod qishloq» loyihasi asosida Qiziriq tumanidagi Paxtakor, Polvontosh, Qaldirg‘och, Navbahor, Obod turmush hamda Zevar mahallalarida aholini qiynayotgan muammolarni uyma-uy o‘rganib chiqdi.

Aytish kerakki, tumanda muammolar rahbarlar o‘ylaganidan ham ko‘p ekan: shu mahallalarda yashovchilar 2500 ga yaqin muammo va takliflarini bildirishdi.

Mutassadi idoralar avvalo 21 nafar kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan fuqaroni nogironlik aravachalari bilan bepul ta’minlashdi.

Shu mahallarda yashovchi 23 nafar fuqaroga ehtiyojidan kelib chiqib bittadan suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.

Ammo asosiy muammolar yechimini kutmoqda: DXAning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi bizga xabar yetkazishicha, ayni paytda agentlikning Surxondaryo viloyat boshqarmasi qolgan fuqarolarning ham muammolarini tezroq hal qilish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring