Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiziqarli statistika: Matematika va fizika fanlari olimpiadasida Xorazmdan 1093 nafar, Jizzaxdan esa 43 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi

Qiziqarli statistika: Matematika va fizika fanlari olimpiadasida Xorazmdan 1093 nafar, Jizzaxdan esa 43 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi

Olimpiadaning rasmiy «matfiz.uz» sayti skrinshoti.

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan fizika va matematika fanlaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi respublika olimpiadasining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Olimpiadaning birinchi bosqichida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 4755 nafarni tashkil etdi.

Ro‘yxatdan o‘tganlar soni viloyatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Xorazm viloyati — 1093;
  • Farg‘ona viloyati — 907;
  • Navoiy viloyati — 397;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 372;
  • Toshkent viloyati — 299;
  • Toshkent shahri — 289;
  • Namangan viloyati — 281;
  • Surxondaryo viloyati — 260;
  • Qashqadaryo viloyati — 248;
  • Buxoro viloyati — 240;
  • Samarqand viloyati — 142;
  • Sirdaryo viloyati — 198;
  • Andijon viloyati — 86;
  • Jizzax viloyati — 43 nafar.

Ulardan 4000 nafardan ziyodrog‘i onlayn testda ishtirok etib, savollarga javob berdilar.

Birinchi bosqichda 80 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar soni 585 nafarga yetdi, ular 1-bosqich g‘olibi deb e’lon qilindi va olimpiadaning 2-bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning ikkinchi (mintaqaviy) bosqichi — 2018-yil 10-fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududlardagi filiallarida o‘tkaziladi.

Yakuniy bosqich esa 2018-yilning 22—25-fevral kunlari Toshkent shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda ishtirokchilar fizika va matematika fanlaridan 10 tadan amaliy masalalarni yozma topshiradilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring