Qizdan besh ming dollar talab qilgan «oshiq» qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Shahrisabz shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.I. «A.» ismli qiz bilan gaplashib yurib, uning shaxsiy foto suratlarini qo‘lga kiritib, ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 5 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter