Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizchalarini qiynab videoga olgan ayoldan bolalari olib qo‘yildi

Qizchalarini qiynab videoga olgan ayoldan bolalari olib qo‘yildi

Voyaga yetmagan farzandlarini urgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari J.Sagdullayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat joriy yil 14 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on tumani «Balandravot» MFYga qarashli Tuynak qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Ayni damda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali muloqotda yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli 1996 yilda tug‘ilgan Z.Sh. ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib, holatni tasvirga olib turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Hozirda bolalarning ahvoli yaxshi. Ular onasidan olinib, qarindoshlari qaramog‘iga berilgan. Holat mutasaddilar nazoratiga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring