Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi sohasida Isroil bilan hamkorlik qilinadi

Qishloq xo‘jaligi sohasida Isroil bilan hamkorlik qilinadi

Foto: «Google.com»

Joriy yilning 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho‘jaligi vazirligida Isroil qishloq xo‘jaligi va agrar tarraqqiyot vazirligi bosh direktori o‘rinbosari Mixal Levi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lumot berib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida Mixal Levi O‘zbekistonda zamonaviy mexanizmlarni joriy etish va qishloq xo‘jaligi rivojlanishi yo‘lida ilg‘or texnologiyalarni keng tatbiq etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanini qayd etdi. O‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev bu borada erishilgan kelishuvlar alohida ahamiyat kasb etishi, mazkur uchrashuv hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilab olish, sohaga oid ma’lumotlar almashish imkonini berishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda isroillik ishbilarmonlarga xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish xususida so‘z yuritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring