Qishki olimpiadada qariyb 300 kishiga norovirus yuqdi

Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan qishgi olimpiadada norovirus bilan kasallanganlar soni oshmoqda. Bu haqda olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi vakili Sun Baik Yu RIA Novostiga xabar qildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, norovirus ovqat yoki suv orqali yuqadi va o‘tkir oshqozon-ichak infeksiyasiga olib keladi.
Olimpiadada norovirus bilan kasallanganlar soni 275 kishiga yetdi. Ularning 225 nafari tuzalib ketgan, 53 kishi esa karantinda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, virus asosan olimpiada tashkilotchilari va ko‘ngillilar orasida tarqalgan. Sportchilar orasida faqat 2 nafar Shveysariyalik atletga yuqqan.
Eslatib o‘tamiz, qishgi olimpiada o‘yinlari 9-fevraldan 25-fevralga qadar davom etadi.
Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga bir necha kun qolganda sport majmualari qo‘rishlash xizmati xodimlari orasida ushbu kasallik tarqalgani haqida xabar qilingan edi. Ushbu kutilmagan vaziyat tufayli 1200 qo‘riqlash xodimlari 900 nafar askarlar bilan almashtirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter