Qirolni «tuxum bilan siylagan» talaba qo‘yib yuborildi, biroq...
Buyuk Britaniya qiroli Charlz Uchinchi va uning rafiqasi — qirolicha-konsort Kamillaga tuxum uloqtirgani uchun ushlangan britaniyalik talaba Patrik Telvell qo‘yib yuborildi.
Biroq endi u monarxga 500 metrgacha yaqinlashishi va jamoat joylarida tuxum olib yurishi taqiqlanadi. Bu haqda talaba Daily Mirror gazetasiga ma’lum qilgan.
23 yoshli Telvell garov evaziga qamoqdan chiqarilgan. Aytishicha, tuxum bo‘yicha talab yumshatilgan: do‘konga borib xarid qilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter