Qirolichaning saroyiga o‘g‘ri tushdi
Londonda qirolicha Yelizaveta II ning xizmatkori Bukingem saroyidan bir qancha buyumlarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi, deya xabar berdi «Daily Mail».
Politsiyaga uning hamkasblari murojaat qilishgan. Ular shahzoda Garri ramzi tushirilgan fotoramkalar va naqshli stakanlar yo‘qolganini payqab qolishgan.
Shuningdek, medal yo‘qolgani aytilmoqda.
Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter