Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirolichani qasridan chiqishga «majbur qilishdi»

Qirolichani qasridan chiqishga «majbur qilishdi»

Foto: «Twitter»

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II mart oyida COVID-19 pandemiyasi boshlangandan buyon ilk bor Vindzor qasri tashqarisidagi tadbirda ishtirok etdi. Tashrif joyi Britaniyaning Porton-Daun laboratoriyasi bo‘ldi, deya xabar berdi «Sky News».

Qayd etilishicha, u yerga yangi energetik tahlil markazini ochish uchun qirolicha bilan birga shahzoda Uilyam ham tashrif buyurdi. Shuningdek, qirolichaning oila a’zolari Qo‘shma Qirollikni terrorizm va jinoyatchilikdan himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar bilan uchrashishgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Yelizaveta II 98 yoshli shahzoda Filip bilan birga xavfsizlik maqsadida Londondan Vindzorga ko‘chib o‘tgandi. Bukingem saroyida 500 kishi doimiy ravishda ishlaydi. London markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Vindzor qasrida esa 100 kishi xizmat ko‘rsatadi. Bu koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring