Qirolicha Yelizaveta II ning rekordini yangilash mumkinmi?
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning vafotidan so‘ng, Bruney sultoni Hassanal Bolkiah dunyodagi eng uzoq vaqt hukmronlik qilayotgan monarxga aylandi — u qariyb 55 yildan buyon shu maqomda. Bu haqda The Daily Mail yozmoqda.
Hassanal Bolkiah 76 yoshda, hukmronligi 1967-yildan boshlangan, toj kiyish marosimi esa rasman 1968-yilning 1-avgustida o‘tkazilgan. Bruney — mutlaq teokratik (diniy) monarxiya, boshqa ayrim ramziy qirol va qirolichalaridan farqi, Bolkiah real humdorlik vakolatlariga ega.
Bolkiah Britaniya qirolichasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan, xususan, Yelizaveta unga ritsarlik unvonini bergan.
Endilikda uzoq hukmronlik qilish bo‘yicha 2-o‘rinda Daniyaning 82 yoshli qirolichasi Margrete II — u 1972-yildan yoki 50 yildan buyon taxtda o‘tiribdi.
Ma’lumot uchun: 96 yil umr ko‘rgan Yelizaveta II ning qirolichalik davri 70 yil-u 214 kun davom etdi. Bu rekordni yangilash uchun Bruney sultoni 92 yoshni (yana 16 yil), Daniya qirolichasi 102 yoshni (yana 20 yil bor) qarshilashi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter