Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izlarning 500 qop nosvoyi Rossiyaga kiritilmadi

Qirg‘izlarning 500 qop nosvoyi Rossiyaga kiritilmadi

Hujjat bo‘yicha «yog‘och kuli va tamaki xomashyosi» ortilgani aytilgan yuk mashinasi Qozog‘iston-Rossiya chegarasida Chelyabinsk bojxonachilari tomonidan mamlakatga kirgizilmadi.

Bunga mazkur yuk hujjatda ko‘rsatilganidek emas, balki vazni 500 qopdan iborat nosvoy ekani sabab bo‘lgan. Qirg‘izistondan yo‘lga chiqqan ushbu yuk mashinasida jami 17 tonna nosvoy aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, buyurtmachi yetkazib beruvchiga bog‘ o‘simliklari uchun o‘g‘it buyurtma qilgan bo‘lgan.

Ushbu yukning «qora bozor»dagi narxi 25,5 mln rublga baholanyapti.

Nosvoy ortilgan yuk mashinasi Rossiyaga kiritilmay ortga qaytarildi.

Ma’lumot uchun, 2013-yil 23-fevralda imzolangan «Fuqarolarning sog‘lig‘ini tamaki tutuni ta’siridan va tamaki iste’molining oqibatlaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi Federal qonunda mamlakatda nosvoyning ham ulgurji, ham chakana savdolari taqiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring