Qirg‘iziston: ko‘chirilgan aholi uylariga qaytishni boshladi
Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasida 27-yanvar kuni yuz bergan qurolli nizo oqibatida chegaradosh hududlardan ko‘chirilgan aholi o‘z uylariga qaytishni boshladi. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi prezidentining vakolatli vakili o‘rinbosari Marufxan Tulayev bayonot berdi.
«Vaziyat barqaror, aholi uyiga qaytmoqda. Mahalliy hokimiyat va FVV ular uchun transport tashkil qildi. Hammaga elektr berildi», — dedi Tulayev.
Qirg‘iz Respublikasi FVV ma’lumotiga ko‘ra, Botkendagi nizoli hududdan jami 11 052 kishi xavfsiz hududga ko‘chirilgan edi.
Qurolli nizo yetkazgan zararlar haqida ham ma’luot berildi. Bir uy yonib ketgan, yana bir uyning tomiga shikast yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni Botken va So‘g‘d viloyatlari chegarasida ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida qurolli nizo yuz bergandi. Har ikki tomon o‘q otar qurollar va granatomyotlarni ishga solgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, o‘nlab jarohatlanganlar bor. Ayni paytga kelib qurolli harakatlar to‘xtatilgan, tomonlar o‘z qurolli kuchlarini olib ketish va aholining yana uylariga qaytarilishiga kelishib olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter