Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonga O‘zbekistondan o‘tayotgan 7 tonna nosvoy ushlab qolindi

Qirg‘izistonga O‘zbekistondan o‘tayotgan 7 tonna nosvoy ushlab qolindi

Qirg‘izistonlik fuqaro O‘zbekistondan noqonuniy ravishda 7 tonna nosvoy olib kirmoqchi bo‘lganida qirg‘iz chegarachilari tomonidan to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, Qadamjay tumani Burgondu qishlog‘ida chegarachilar Qirg‘iziston fuqarosi E. U. boshqaruvidagi «KamAZ»ni tekshiruv o‘tkazish maqsadida to‘xtatganida unda 7 tonna nosvoy aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, tamaki mahsuloti Qirg‘izistonga keyinchalik sotish uchun O‘zbekistonning anklav hududida joylashgan Cho‘ng‘ara qishlog‘idagi nazorat-o‘tkazish punktlarini chetlab o‘tib noqonuniy olib chiqib ketilgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va yuk qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun bojxona boshqarmasi hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring