Qirg‘izistonga 200 ming dollarni noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
Namanganda DXX xodimlari tomonidan 200 ming dollarni noqonuniy ravishda chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi.
DXX tomonidan Namanganda «Namangan-Nanay» yo‘nalishi bo‘ylab Yangiqo‘rg‘on tumani hududida harakatlanayotgan, mahalliy fuqaro boshqaruvidagi «Cobalt» mashinasi to‘xtatilib, tekshirilganda, uning salon qismida 200 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan qirg‘izistonlik notanish shaxslar bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutani noqonuniy ravishda Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter