Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistondagi maktablarning biriga bomba o‘rnatilgani haqida xabar tarqaldi

Qirg‘izistondagi maktablarning biriga bomba o‘rnatilgani haqida xabar tarqaldi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri Bokonbayev tumanidagi 67-sonli maktab o‘quvchilari evakuatsiya qilindi. Bunga maktab pochtasiga kelib tushgan binoga bomba o‘rnatilgani haqidagi xabar sabab bo‘lgan.

O‘quvchilarning ota-onalari bo‘lgan guruhga maktab ma’muriyati bolalarga uyga ketishga ruxsat berilgani haqida xabar berishgan, biroq sababi aytilmagan.

Bishkek shahri ma’muriyati bergan xabarga ko‘ra, 62-sonli maktabning elektron pochtasiga o‘zini Talant Azizov deb tanishtirgan shaxs 67-maktabga bomba o‘rnatgani haqidagi xabar jo‘natgan.

Maktab ma’muriyati bu faktni darhol politsiyaga xabar qilgan. Politsiya 67-maktabga borgan. Binoda bo‘lganlarning hammasi evakuatsiya qilingan va tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, maktabga kinolog va sapyorlar jalb qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring