Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda qimorxona qonuniylashtirildi

Qirg‘izistonda qimorxona qonuniylashtirildi

Qirg‘iziston prezidenti qimorxonalarga (kazino) ruxsat berish haqidagi qonunlarga imzo chekkan. Bu haqda qirg‘iz nashrlari xabar tarqatgan.

Sadir Japarov «O‘yinlar faoliyati to‘g‘risida» va «O‘yinlar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikka bir qator o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonunlarni imzolagan.

Mazkur qonunning maqsadi investitsiyalarni jalb etgan holda davlat budjetiga qo‘shimcha zaxiralar olib kelishdan iborat. Biroq qimorxonalarga mahalliy fuqarolarning kirishi taqiqlanadi.

Qonunga ko‘ra, o‘yinlar faoliyati subektlari yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijliklar ham bo‘lishi mumkin. Ular qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishsa bo‘lgani.

Qimorxonalar bolalar bog‘chasi, maktablar, OTM va boshqa o‘quv binolari, tibbiy va madaniy markazlar, shuningdek, turar joy binolarida joylashtirilishi mumkin emas.

Bitta o‘yin stoli uchun bazaviy stavka 2022 yilda 750 ming som, 2023 yildan 1 mln. som, 2024 yildan esa 1 mln. 250 ming som etib belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida ham ana shunday qimorxona ochish haqidagi hujjat loyihasi e’lon qilingandi. Ammo hozircha bu faqat loyihaligicha qolib ketmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring