Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda MDH mamlakatlarida teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda MDH mamlakatlarida teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olindi

Foto: «RIA NOVOSTI»

Kecha, 6 aprel kuni Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Suriyadagi janglarda qatnashgan, shuningdek, MDH mamlakatlarida teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan jinoyatchini qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining xalqaro terrorchilarni qo‘lga olishga qaratilgan antiterror tadbirlari doirasida 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. qo‘lga olindi», — deyiladi qo‘mita ma’lumotida.

Qayd etilishicha, jinoyatchi «MDH mamlakatlarida terrorchilik aktlariga tayyorgarlik ko‘rgan va ularni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro terrorchilik tashkilotlaridan buyruq olgan».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring