Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni yana bir ming kishilik dovondan oshdi
Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 3 ming kishidan oshdi, deya ma’lum qildi SOVID-19 ga qarshi kurash respublika shtabi. Bu haqda yakshanba kuni «RIA Novosti» xabar bergan.
«2020-yil 21-iyun holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 170 ta yangi SOVID-19 holati qayd etildi, ulardan 56 nafari Bishkekda aniqlangan», — dedi shtab vakili.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, kuni kecha COVID-19 ni yuqtirgan ikkita bemor vafot etdi: 1974-yilda tug‘ilgan ayol bilan 1969-yilda tug‘ilgan erkak. O‘tgan bir kecha-kunduzda Qirg‘iziston bo‘yicha 30 nafar bemor shifoxonadan tuzalib chiqdi. Statsionarlarda 528 kishi qolmoqda, ulardan 11 nafari reanimatsiyada.
Shtabning ma’lum qilishicha, kasallikka yangi chalinganlar orasida 10 nafar tibbiyot xodimi ham bor. Koronavirus pandemiyasi davrida sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarining jami 556 nafarida koronavirus qayd etilgan.
Shu tariqa, yakshanba kungi holatga ko‘ra, Qirg‘izistonda COVID-19 aniqlanganlar soni 3151 kishiga yetdi. 37 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 2011 kishi shifoxonadan tuzalib chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter