Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda haydovchilar «Abu Saxiy» ofisini davlatga o‘tkazishni talab qilishmoqda

Qirg‘izistonda haydovchilar «Abu Saxiy» ofisini davlatga o‘tkazishni talab qilishmoqda

Foto: «Kloop.kg»

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 8-oktyabr kuni 100dan ortiq yuk tashuvchi mashinalar haydovchilari Qorasuv tumanida joylashgan «Abu Saxiy» ofisi oldiga yig‘ilishgan.

«Kloop.asia» nashrining yozishicha, ular mazkur ishxonani davlatga o‘tkazishni talab qilishmoqda. Haydovchilar buning sababini kompaniyaning Qirg‘izistonda ro‘yxatga olingan avtomashinalari ularning «nonini tortib olgani bilan» izohlashgan.

Yuk tashuvchilarning «Haydovchi» jamiyati raisi Nadir Toktorovning aytishicha, mazkur kompaniya o‘n yildan beri yuk tashish tarmog‘ini monopoliya qilib olgan.

Ma’lum qilinishicha, «Abu Saxiy» kompaniyasining 600 yuk tashuvchi mashinasi turli tovarlarni Xitoyning Shinjon Uyg‘ur avtonom tumanidan Qirg‘izistonning chegarasi orqali o‘tib, Toshkentga va boshqa hududlarga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring