Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda bolalarga telefondan foydalanishni taqiqlash taklif qilindi

Qirg‘izistonda bolalarga telefondan foydalanishni taqiqlash taklif qilindi

«Ata-Jurt Kirgizstan» partiyasi deputati Jusupbek Qo‘rg‘onbay uulu Qirg‘izistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga telefondan foydalanishni taqiqlashni taklif qildi.

9-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan «Ata-Jurt Kirgizstan» fraksiyasi yig‘ilishida u bolalar 14 yoshdan boshlab telefon bilan risoladagidek muomala qilishga  qobiliyatli hisoblanishini ta’kidlagan.

«Hozir telefonda bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q. Jamiyatni tarbiyalash haqida o‘ylash kerak. Texnologiyalar rivojlanib ketyapti, agar siz bolangizni yo‘qotib qo‘yishidan xavotirlansangiz, hatto, ularga «chip» щrnatib iщyishingiz mumkin», – deydi u.

Shuningdek, deputat og‘ir jinoyatlar sodir etgan jinoyatchilarga o‘lim jazosi berilishini qo‘llab-quvvatlagan.

«Ularni davlat nega щz hisobidan boqishi kerak? Bir umrga qamalgan bo‘lsa, jamiyatni bunday odamlardan tozalash kerak», – deya qo‘shimcha qilgan Qo‘rg‘onbay uulu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring