Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda 22 nafar faol hibsga olindi. Ular orasida Kanat Isayev ham bor

Qirg‘izistonda 22 nafar faol hibsga olindi. Ular orasida Kanat Isayev ham bor

Kanat Isayev.

Qirg‘izistonda Kampirobod suv omborining berilishiga qarshi chiqqan 22 nafar faol va muxolifatchi siyosatchilar sud qarori bilan hibsga olindi.

Ular orasida parlament sobiq deputati Asiya Sasiqbayeva, Konstitutsiyaviy sudning sobiq a’zosi Klara Sooronqulova, MSK sobiq a’zosi Gulnora Jo‘raboyeva, sobiq deputat Kubanichbek Qodirov, Qirg‘izistonning Malayziyadagi sobiq elchisi Azimbek Beknazarov, shuningdek, mamlakat maxsus xizmatlarining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebayev bor.

Shuningdek, Qirg‘iziston parlamentining sobiq spikeri Kanat Isayev ham ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblanib, bir oy muddatga tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Isayev o‘z vaqtida Qirg‘iziston davlatiga vaqtincha rahbarlik qilgan shaxs ham hisoblanadi.

Hibsga olinganlar Qirg‘iziston parlamentining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan 2022 yil 10 oktyabrda tasdiqlangan davlat chegaralarini o‘zgartirishga qarshi chiqishmoqda. Ushbu qo‘mita qaroriga ko‘ra, Qirg‘iziston boshqa hududlar evaziga Kampirobod suv ombori hududi O‘zbekistonga berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev aholini davlat chegaralari masalasida ehtiyot bo‘lib fikr bildirishga chaqirgandi.

Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi chegaralar bo‘yicha o‘zaro kelishuvlar haqida esa avvalroq yozilgan edi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring