Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari bo‘yicha ishlarini to‘liq yakunladi

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari bo‘yicha ishlarini to‘liq yakunladi

Qirg‘iziston va Tojikiston qirg‘iz-tojik davlat chegarasining qolgan uchastkalarini tavsiflash ishlarini to‘liq yakunladi.

Kecha, 4-dekabr kuni Botken viloyatining Botken shahrida Tojikiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining qirg‘iz-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamraislari Saymo‘min Yatimov va Qamchibek Tashiyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Tojikiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari rahbarlari kelishuvga erishdilar va davlat chegarasining qolgan uchastkalari tavsifini to‘liq yakunladilar. Ikki davlat hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlariga yakuniy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonini boshlash bo‘yicha topshiriqlar berildi», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring